13:55 / 05.10.2018
4 845

Bax: “Gap faqat Gʻofur Rahimovda emas”

Бах: "Гап фақат Ғофур Раҳимовда эмас"
Boks bir necha sabablarga koʻra olimpiya dasturidagi oʻz joyini yoʻqotishi mumkin, Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) rahbari lavozimiga Gʻofur Rahimov nomzodining ilgari surilishi bu tashkilotning yagona muammosi emas. Bu haqda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax matbuot anjumanida maʼlum qildi, deya xabar beradi Kun.uz.

Oʻzbekiston vakili Rahimov AIBA rahbari lavozimiga yagona nomzod sanaladi. AQSH Moliya vazirligining chet el aktivlarini nazorat qilish boʻyicha departamenti Rahimovni sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi, XOQ unga ushbu lavozimga oʻz nomzodini ilgari surishi boksning olimpiya maqomini saqlab qolish masalasiga taʼsir qilishi mumkinligi haqida xabar berdi.

“Gap faqatgina AIBA prezidenti lavozimiga nomzod [Rahimov] haqida ketayotgani yoʻq. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi ijro qoʻmitasi AIBA boshqaruvining yaxlit koʻrinishi asosida oʻz pozitsiyasini bayon qildi. Soʻnggi ikki oy ichida qabul qilingan qarorlarni bizga, agar sodda tilda aytadigan boʻlsak, tushunish qiyin boʻldi”, - deydi Bax.

“Masalan, hakamlik, boshqaruv, moliya masalalari hal etilishi kerak. Shuning uchun bu butun holatga boʻlgan munosabatdir”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi u.

XOQ rahbarining maʼlum qilishicha, xalqaro sport federatsiyalari mustaqil tashkilot hisoblanadi hamda oʻz ichki muammolarini oʻzi hal qilish huquqiga ega, ammo XOQ Olimpiya qadriyatlariga zid qarorlarni qabul qilmaydi. “Biz Olimpiya oʻyinlari, boshqa xalqaro federatsiyalarning obroʻsini himoya qilishimiz kerak. Boks boʻyicha musobaqalar adolatli oʻtishini taʼminlash uchun barcha ishni qilamiz”, - deya maʼlum qildi u.

“Yaxshi bilasizlarki, bu yerda, oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida, auditorlar tomonidan tekshiriladigan va oʻyinlar vaqtida doimiy nazorat ostida qoladigan mustaqil hakamlik tizimi boʻladi”, - deya bildirib oʻtdi XOQ rahbari.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq XOQ Gʻofur Rahimovga 2018 yilgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga borishni taqiqlagani xabar qilingandi.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi bosh direktori Kristof De Kepperning maʼlum qilishicha, qoʻmita “AIBA bilan ish boʻyicha munosabatlardan tashqari, barcha aloqalarni hamon muzlatib qoʻygan”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bax: “Gap faqat Gʻofur Rahimovda emas”