EA Sports va Nike kompaniyalari “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bogʻliq mojaroli ish boʻyicha bayonot berishdi.
“Biz Krishtianu Ronalduga qarshi ayb qoʻyilgan hisobot bilan tanishib chiqdik. Vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz, sportchilar va bizning elchilarimiz oʻzlarini bizning qadriyatlarimizga munosib tutishi kerak”, – deyilgan EA Sports bayonotida.
Ronaldu – EA Sports yuzi hisoblanadi. Uning tasviri FIFA 19 simulyatorida ham aks etgan.
“Biz qattiq xavotirdamiz va vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz”, – deyiladi Nike bayonotida.
Nike va Ronaldu 2003 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Oxirgi kelishuv 2016 yilda tuzilgan, bu kelishuv 1 mlrd dollarga baholangan, portugaliyalik futbolchining soʻzlariga koʻra bu kelishuv butun umrga tuzilgan.
Oʻz navbatida “Yuventus” ham Ronalduga qarshi ish boʻyicha bayonot bergan.
“Krishtianu Ronaldu keyingi oylarda professionalizm va ishga sadoqat namoyish etmoqda. 10 yil muqaddam sodir boʻlgani aytilayotgan voqea unga boʻlgan munosabatga taʼsir koʻrsatmaydi. Bunday qarash klubdagi buyuk chempion bilan muloqot qiladigan barcha aʼzolarning umumiy fikridir”, — deyilgan “Yuventus” matbuot xizmati xabarida.
28 sentyabr kuni Germaniyaning Der Spiegel nashri 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorganing boshdan kechirganlarini eʼlon qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Krishtianu Ronaldu uni 2009 yilning 13 iyunida Las-Vegasdagi mehmonxonalarning birida zoʻrlagan. Daʼvogar tomonning aytishicha, 2010 yilda Mayorga futbolchining vakillari bilan 375 ming dollar evaziga jim yurish boʻyicha kelishuv tuzgan.
Maqola eʼlon qilingach, Las-Vegas politsiyasi Ronalduga qarshi ishni qayta koʻrib chiqishni boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi