11:57 / 06.10.2018
4 509

Habib Nurmagomedovning otasi Makgregorga qarshi jang haqida nima dedi?

Habib Nurmagomedovning otasi Makgregorga qarshi jang haqida nima dedi?
Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov oʻgʻlining Konor Makgregorga qarshi jangi borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

«Siz Habibning jangi atrofida qanchalik shov-shuv koʻtarilganini bilmaysiz. Biz butun Mahachqalʼa telpakda boʻlishini kutib qolamiz. Bu tasavvur qilib boʻlmaydigan holat.

Hayajon aniq yoʻq. Masʼuliyat hissi esa bor. Bu esa turli xil narsa.

Mening taxminim – ikkinchi raund oʻrtasi yoki uchinchi raund boshi. Habibda biz eng kuchli ekanimizni isbotlash istagi bor. Bizning boshqa yigitlarimiz ham qolgan vazn toifalaridagi kamarlarni egallashni xohlashadi», – dedi Abdulmannop Nurmagomedov.

Konor Makgregor va Habib Nurmagomedov oʻrtasidagi jang 6 oktyabrdan 7 oktyabrga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedovning otasi Makgregorga qarshi jang haqida nima dedi?