09:20 / 07.10.2018
3 032

La Liga. “Real” soʻnggi daqiqada gol oʻtkazib, magʻlubiyatga uchradi

La Liga. “Real” soʻnggi daqiqada gol oʻtkazib, magʻlubiyatga uchradi
Ispaniya chempionati 8-turidan oʻrin olgan bir oʻyin yakunlandi.

“Real” safarda “Alaves” bilan bellashdi va 0:1 hisobida yutqazdi. Oʻyin teng kurashlar ostida oʻtdi. Ammo, soʻnggi daqiqada “Alaves” gol urib, gʻalabani ilib ketdi.

“Real” qatorasiga uchta oʻyindan beri raqib darvozasini ishgʻol etolmayapti va gʻalaba qozonolmayapti.

Bu natijadan soʻng, 14 ochkodan jamgʻargan “Real” 2-oʻrinda, “Alaves” 3-oʻrinda bormoqda.

La Liga, 8-tur
Alaves – Real Madrid 1:0


6 oktyabr, “Mendisorrosa” stadioni
Gol: 1:0 – 90+5 Manu Garsiya.

Alaves – Pacheko, Laguardia, Duarte, Ximo Navarro, Maripan (Agirregabiria, 88), Muborak (Manu Garsiya, 74), Pina, Ibai Gomes (Sobrino, 67), Brashanas, Xoni Rodriges, Kalyeri.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Odriosola, Varan, Kazemiro (Asensio, 62), Modrich, Sebalos, Kroos, Beyl (Vinisius Junior, 80), Benzema (Dias, 46).
Ogohlantirish: Muborak (54).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. “Real” soʻnggi daqiqada gol oʻtkazib, magʻlubiyatga uchradi