UFCning “yil jangi”da Habib Nurmagomedov gʻalaba qozondi

  • 07 oktyabr 2018, 10:37
  • 3 605
  • Sport
  • UFCнинг "йил жанги"да Ҳабиб Нурмагомедов ғалаба қозонди
    Bir necha daqiqalar oldin AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida aralash yakkakurashlar (MMA) janglarini tashkillashtirib keluvchi UFC tarixidagi yorqin toʻqnashuvlardan biri – rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor MakGregor oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Habib Nurmagomedov muddatidan oldin gʻalabaga erishdi va yengil vazndagi chempionlik kamarini oʻzida saqlab qoldi.

    Bugungi toʻqnashuvni hisoblasak, Konor UFC dagi faoliyati davomida 25 ta jang oʻtkazib, 21 bora, jumladan, 18 nokaut, birida raqib taslim boʻlishi, 2 tasida esa hakamlar qarori bilan gʻalaba qozongan. Toʻrtta jangda raqiblariga taslim boʻlib, magʻlubiyatga uchragan. Habib esa faoliyati davomida 27 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan (8 tasi nokaut, 9 tasi raqiblarning taslim boʻlishi, 10 tasi hakamlar qarori bilan).

    Translyatsiyadan tushgan mablagʻ va bonuslarni hisobga olmaganda, 30 yoshli Konor MakGregor ushbu jangdan 3 mln AQSH dollari mukofot puliga ega boʻlgan boʻlsa, Habib esa 2 mln dollar egasiga aylandi.

    Maʼlumot oʻrnida, Konor va Habib oʻrtasidagi chempionlik jangi UFC229 musobaqasi doirasida boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada kechaning yorqin jangidan tashqari, 3 ta asosiy va 8 ta reyting janglari ham belgilangan edi. Asosiy janglar qatorida Toni Fergyuson va Entoni Pettis ham oʻzaro kuch sinashdi. Fergyuson ikkinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratib, faoliyatidagi 24-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » UFCning “yil jangi”da Habib Nurmagomedov gʻalaba qozondi