01:05 / 08.10.2018
3 477

“Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalari murosa yoʻlini tanlashdi

“Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalari murosa yoʻlini tanlashdi
Angliya chempionatining 8-turidan oʻrin olgan “Liverpul” – “Manchester Siti” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Enfild” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda nursiz durang qayd etildi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimi sokin tusda kechdi va darvozalar oldida koʻp ham xavfli vaziyatlar sodir etilmadi. Ikkinchi boʻlim esa aksincha hujumlarga boy boʻldi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar oldinga oʻtib olishlari mumkin edi biroq Riyod Mahrez penaltini aniq amalga oshira olmadi. Shu bilan hisob oʻyin soʻnggiga qadar oʻzgarmadi.

Shu tariqa, “Manchester Siti” 20 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, uning ortidan xuddi shuncha ochko bilan “Liverpul” va “Chelsi” jamoalir borishmoqda.

APL, 8-tur

Liverpul – Manchester Siti 0:0 (0:0, 0:0)


Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Gomes, van Deyk, Milner (Keyta, 29), Xenderson, Veynaldum, Mane, Salax, Firmino (Starridj, 72).

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Silva, Fernandino, Marez, Bernardu Silva, Sterling (Sane, 76), Aguero (Gabriel Jezus, 66).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (21), Aguero (56), Mendi (64), Veynaldum (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” va “Manchester Siti” jamoalari murosa yoʻlini tanlashdi