11:07 / 08.10.2018
3 488

“Barselona” “Mestalya”da “Valensiya” toʻsigʻidan oʻta olmadi

“Barselona” “Mestalya”da “Valensiya” toʻsigʻidan oʻta olmadi
Ispaniya chempionatining 8-turidan oʻrin olgan “Valensiya” – “Barselona” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Mestalya” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda durang natija qayd etildi.

Uchrashuv debyuti mezbonlar uchun omadli keldi, 2-daqiqada burchakdan uzatib berilgan toʻpni Esekyel Garay yaqin masofadan darvozaga joylab hisobni ochdi. Shundan soʻng ustunlik kataloniyaliklar tomonida boʻldi.

Mehmonlarning ketma-ket hujumlari 23–daqiqaga kelib oʻz samarasini berdi. Luis Suaresdan uzatma qabul qilib olgan Lionel Messi jarima maydoni tashqarisidan darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi va muvozanatni tikladi.

Ikkinchi boʻlimda ikki tomonda ham bir qancha imkoniyatlar boʻldi, biroq uchrashuv yakuniga qadar darvozalar daxlsiz qoldi.

Shu tariqa, katloniyaliklar Primeradagi gʻalabasiz seriyalarini davom ettiradgan boʻldilar. “Barselona” ochkolarini 15taga yetkazib olgan holda “Atletiko” bilan ikkinchi pogʻonani boʻlishib turibdi.

La Liga, 8-tur

Valensiya – Barselona 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar:
1:0 – 2 Garay, 1:1 – 23 Messi.

Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Pichchini, Gabriel, Soler, Parexo, Kondogbia (Koklen, 79), Gedesh (Cherishev, 12), Batshuayi, Gameyro (Rodrigo, 67).

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Vermalen, Rakitich, Buskets, Artur (Rafinya, 88), Koutino (Dembele, 84), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Suares (41), Soler (43), Koutino (58), Parexo (58).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” “Mestalya”da “Valensiya” toʻsigʻidan oʻta olmadi