13:21 / 08.10.2018
4 667

Nurmagomedovning otasi oʻgʻlini qattiq jazolashga vaʼda berdi

Nurmagomedovning otasi oʻgʻlini qattiq jazolashga vaʼda berdi
MMAʻdagi rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiysi Abdulmannop jangdan keyingi mushtlashuv uchun oʻgʻlini jazolashga vaʼda berdi. U bu haqda “Ren TV” telekanaliga aytib oʻtdi.

“Sen oktagonda nima xohlasang, shuni qilishing mumkin. Undan tashqarida - bolalar, ayollar, begona odamlar. Mening jamoam har doim intizomi bilan mashhur boʻlgan, shuning uchun Habibga qarshi sanksiyalar UFCʻdan ham qattiqroq boʻladi”, - deya aytib oʻtdi katta Nurmagomedov. Uning qoʻshimcha qilishicha, roʻy bergan hodisa uchun masʼuldir.

7 oktyabr kuni tongda oʻtkazilgan UFC 229 turnirining asosiy jangida Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni 4-raundda boʻgʻish usuli bilan taslim etdi. Jang yakunida dogʻistonlik oktagondan sakrab chiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga tashlandi. Xuddi shu vaqtda uning jamoa aʼzolari oktagon ichiga kirib Makgregorning oʻziga hujum qilishdi. Janjal politsiyachilar aralashuvi bilan toʻxtatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedovning otasi oʻgʻlini qattiq jazolashga vaʼda berdi