09:50 / 09.10.2018
4 012

Fransiya, Belgiya, Shotlandiyaga qarshi Oʻzbekiston termasining tarkibi

Fransiya, Belgiya, Shotlandiyaga qarshi Oʻzbekiston termasining tarkibi
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Istanbul orqali Ispaniyaning Estepona shahriga yetib keldi. Mazkur shaharda Otabek Gʻulomxoʻjayev boshchilik qilayotgan jamoa 10 kun davomida istiqomat qiladi va 3 ta xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi.

OʻFA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov yil boshida Madrid va Parijga tashrif buyurib, Ispaniya hamda Fransiya futbol federatsiyalari bilan hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining Malagaga tashrifi shuning asnosida kelishib olingan.

Kelasi yil Osiyo chempionatining saralashida ishtirok etadigan Oʻzbekiston termasi 10 kun ichida Fransiya, Shotlandiya hamda Belgiya bilan kuch sinashib koʻradi. Raqib jamoalarda bir yosh katta futbolchilar toʻp suradi. Bunday tipdagi jamoalarga qarshi oʻyinlar oʻzbekistonlik futbolchilar uchun katta maktab vazifasini oʻtab berishi koʻzda tutilgan. Quyida oʻyinlarning Toshkent vaqti bilan tanishib olish mumkin:

10 oktyabr, chorshanba
16:00 Oʻzbekiston U17 — Shotlandiya U18

13 oktyabr, shanba
19:00 Oʻzbekiston U17 — Belgiya U18

15 oktyabr, dushanba
16:00 Oʻzbekiston U17 — Fransiya U18

Oʻyinlar Esteponadan uncha uzoq boʻlmagan Marbellada boʻlib oʻtadi. Tashkilotchilar Oʻzbekiston terma jamoasini mashgʻulot va oʻyinlar uchun eltadigan alohida avtobus ajratgan. Shuningdek, delegatsiya nonushta, tushlik va kechki ovqatni tamaddi qilishi uchun ham alohida joy berilgan. Quyida yigʻinda boʻlib turgan futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar:
1. Abduvohid Neʼmatov — “Nasaf”
12. Asad Polvonov — “Nasaf”

Himoyachilar:
2. Saidazamat Mirsaidov — “Paxtakor”
3. Asliddin Toshtemirov — “Neftchi”
4. Odil Abdumajidov — “Andijon”
5. Sodiq Ortiqov — “Navbahor”
6. Ibrohimhalil Yoʻldoshev — “Paxtakor”
14. Sunnat Hamidjonov — “Paxtakor”
23. Eldor Begimov — AGMK

Yarim himoyachilar:
8. Ibrohim Ibrohimov — “Buxoro”
9. Mironshoh Sattorov — “Bunyodkor”
10. Jasur Jaloliddinov — “Bunyodkor”
11. Begzod Shamsiyev — “Paxtakor”
13. Alisher Odilov — “Paxtakor”
15. Diyor Ramazonov — “Paxtakor”
16. Muhammadqodir Rahimbernegov — “Xorazm”
17. Hojimat Erkinov — “Paxtakor”
19. Ruslan Roʻziyev — “Paxtakor”
22. Muzaffar Olimjonov — “Bunyodkor”

Hujumchilar:
7. Abdulaziz Abdusalomov — “Paxtakor”
18. Ulugʻbek Hoshimov — “Paxtakor”
20. Xushnud Bozorov — “Paxtakor”

Murabbiylar shtabi:
Otabek Gʻulomxoʻjayev
Doniyor Usmonov
Sarvar Haydarov
Valeriy Karpenko

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 17 oktyabr kuni tongda Istanbul orqali Toshkentga qaytib keladi.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiya, Belgiya, Shotlandiyaga qarshi Oʻzbekiston termasining tarkibi