10:44 / 09.10.2018
3 196

Paraosiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi

Paraosiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi
Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo oʻyinlarining ikkinchi kungi musobaqalari nihoyasiga yetdi. Bugun sportchilarimiz yengil atletika, dzyudo, oʻq otish, pauerlifting va suzish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etishdi.

Kunning soʻnggi medalini terma jamoamizga 200 metrga yugurish bahslarida Doniyor Ahmedov taqdim etdi. Hamyurtimiz 22,79 soniya natija bilan marraga birinchi boʻlib yetib keldi va oltin medalga ega chiqdi.

Ikkinchi kun yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 21taga yetdi. Ularning 13tasi oltin medal boʻlsa, kumush medallar soni 5tani tashkil etadi. Bronzalarimiz soni esa 3ta. Terma jamoamiz medallar sifati boʻyicha reytingda uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
Musobaqa 13 oktyabrga qadar davom etadi.

Manba: www.olympic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Paraosiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi