20:14 / 10.10.2018
3 517

OʻFA Oʻzbekiston OTJga xorijdan murabbiy qidirmoqda

OʻFA Oʻzbekiston OTJga xorijdan murabbiy qidirmoqda
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning mart oyida Osiyo chempionati saralashida maydonga tushadi. Oʻsha saralashga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Olimpiya terma jamoamiz ertaga Toshkentda yigʻinni boshlaydi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabaringiz bor, avvalroq Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini Mirjalol Qosimov boshqarishi haqida xabar qilingan edi. Ammo “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli Olimpiya terma jamoasini boshqara olmasligini maʼlum qilgan. Shunday boʻlsada, oʻz tajribasi va maslahatlari bilan hamisha terma jamoaga yordam berishga tayyor ekanini ham bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng terma jamoaga xorijdan murabbiy olib kelish ishlari boshlab yuborildi. Ayni paytda OʻFA mutasaddilari bu masala borasida jiddiy ish olib borishmoqda. Ungacha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov katta murabbiy sifatida shugʻullantirib turadi.

Ravshan Haydarov yoshlar bilan ishlash boʻyicha katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. Jumladan, uning qoʻlostida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi shu yilning yanvar oyida Xitoyda oʻtgan Osiyo chempionatida gʻoliblikka erishgan edi.

Ravshan Haydarov mazkur yigʻin davomida terma jamoaga nomzod boʻlgan quyidagi futbolchilarni sinovdan oʻtkazib oladi.

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon“Nasaf”
Xamroyev Umidjon“Paxtakor”
Ziyovutdinov Nizom AGMK

Himoyachilar:
Kobilov Islom “Bunyodkor”
Alijonov Ilhom “Nasaf”
Gʻofurov Husniddin “Neftchi”
Alikulov Husniddin “Mashʼal”
Nasrullayev Sherzod “Nasaf”
Saitov Dilshod “Nasaf”
Sattorov Xudoyshukur “Metallurg”
Rustamov Oybek “Qoʻqon-1912”

Yarim himoyachilar:
Abdullayev Abdulla “Bunyodkor”
Muxitdinov Sharof “Nasaf”
Ismoilov Abrorbek “Neftchi”
Urunov Oston “Navbahor”
Umirov Davron “Bunyodkor”
Nurulloyev Suxrob “Metallurg”
Toʻxtasinov Nurillo “Soʻgʻdiyona”
Qodirqulov Sanjar “Bunyodkor”
Ikromov Farrux “Bunyodkor”
Rashidxonov Islom “Nasaf”

Hujumchilar:
Abdixoliqov Bobir “Nasaf”
Amonov Azizbek “Lokomotiv”
Mirahmadov Mirjahon “Bunyodkor”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OʻFA Oʻzbekiston OTJga xorijdan murabbiy qidirmoqda