“Barselona” sobiq futbolchisi Toshkentga keladi

  • 10-10-2018, 21:05
  • 706
  • Sport
  • "Барселона" собиқ футболчиси Тошкентга келади
    Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi hamda Ispaniya La ligasi yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

    Imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum doirasida bir qancha loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

    Joriy yilning 28 oktyabr kuni yaqin oʻtmishning mashxur hujumkor yarim himoyachilaridan biri, “Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Liverpul” va Ispaniya terma jamoasi safida koʻrsatgan mazmunli oʻyinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor boʻlgan futbolchi, endilikdagi La liga elchisi – Luis Garsiya Toshkentga keladi va oʻzbekistonlik yosh “charm toʻp” ustalariga mahorat darslari oʻtib beradi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

    La liga hamda PFL hamkorligi doirasida tashkil etilayotgan mazkur mahorat darslari “Milliy” stadionida boʻlib oʻtadi. Yaqin oʻtmishning mashxur yarim himoyachilaridan biri Luis Garsiya yosh futbolchilarimizga oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashadi va koʻrgazmali uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta jamoa safida bir taymdan toʻp suradi.

    Luis Garsiya tashrifi doirasida matbuot anjumani oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.

    » » “Barselona” sobiq futbolchisi Toshkentga keladi