Jaloliddin Masharipov: “Idishni hakamga qarab otmagan edim”

  • 10-10-2018, 21:30
  • 825
  • Sport
  • Жалолиддин Машарипов: "Идишни ҳакамга қараб отмаган эдим"
    Oʻzbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar chiqdi.

    Champioant.asaia sayti futbolchi bilan bogʻlanib uning fikrlari bilan qiziqdi.

    - Bugun terma jamoaning oʻrtoqlik oʻyinlaridan 6 oyga diskvalifikatsiya qilinganingiz haqida noxush maʼlumot chiqdi...
    - Ha, bu xabarni oʻqidim. Kayfiyatim tushib ketdi.

    - Oʻsha vaziyatni eslay olasizmi?
    - Oʻyin tugadi, yutqazdik. Zaxira oʻrindigʻida suv ichib oʻtirgandim. Yakuniy hushtak chalingach jahl bilan idishni otib yubordim. Toʻgʻrisi oʻsha vaziyatda hakamni koʻrmagandim, otgan idish hakamning yaqiniga ham bormadi, 6-7 metr naridan oʻtib ketdi. U esa menga uloqtirdi deb oʻyladi shekilli qizil kartochka koʻrsatdi.

    - Terma jamoa lagerini tark etdingizmi?
    - Yoʻq hozircha shugʻullanib turibman.

    - Ektor Kuper bu borada nimadir dedimi?
    - Ha. Bosh murabbiy boshqa bunday qilma, har qanday vaziyatda hissiyotni ushlab turishni bilishing kerak dedi.

    » » Jaloliddin Masharipov: “Idishni hakamga qarab otmagan edim”