21:56 / 10.10.2018
3 212

Tailand MTJ bosh murabbiyi: “Biz Osiyo Kubogida tarix yaratmoqchimiz”

Таиланд МТЖ бош мураббийи: "Биз Осиё Кубогида тарих яратмоқчимиз"
Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Milovan Rayevas oʻz intervyusida jamoaning keyingi rejalari haqida gapirib berdi.

Maʼlumki, tailandliklar shu oydagi FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda Gonkong va Trinidad va Tobago terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazishadi.

Taildad Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida “A” guruhidan joy olgan boʻlib, musobaqa mezboni BAA, Hindiston va Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Milovan Rayevas oʻz intervyusida shunday dedi:

“Maqsadimiz oʻrtoqlik oʻyinlari orqali Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgarlik koʻrish. Tarkibimizda yoshlar ham, yoshi katta futbolchilar ham bor. Men birinchi navbatda kuchli jamoa tuzishni oʻylayapman. Chunki qishda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogida tarix yaratmoqchimiz. Oʻylaymanki, bu musobaqaga hech kim shunchaki bormaydi, shu jumladan biz ham. Avvalo guruhdan chiqishni oʻylaymiz, keyingi yurishimiz esa omadga bogʻliq”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tailand MTJ bosh murabbiyi: “Biz Osiyo Kubogida tarix yaratmoqchimiz”