Zidan “Real”ni Peres tufayli tark etgani maʼlum boʻldi

  • 10-10-2018, 23:15
  • 687
  • Sport
  • Zidan “Real”ni Peres tufayli tark etgani maʼlum boʻldi
    “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasida yarimhimoyachi Garet Beylni koʻrishni istamagan.

    Yanvarda mutaxassis klub prezidenti Florentino Peres bilan uelslik futbolchini yozda sotib yuborish haqida kelishuvga erishgan. Biroq, Beylning “Liverpul”ga (3:1) qarshi Chempionlar Ligasi finalida ikkita gol urishi Peresning fikrini oʻzgartirib yuborgan.

    Shundan soʻng, prezident direktorlar kengashi aʼzolariga Beyl Krishtianu Ronaldudan ancha yaxshiroq ekanini aytgan, deb xabar beradi Tribalfootball.

    Peres oʻz vaʼdasida turmagach, Zidan klubni tark etishga qaror qilgan.

    » » Zidan “Real”ni Peres tufayli tark etgani maʼlum boʻldi