06:58 / 11.10.2018
3 477

Las-Vegas politsiyasi soʻroq qilish uchun Ronalduni AQSHga chaqiradi

Las-Vegas politsiyasi soʻroq qilish uchun Ronalduni AQSHga chaqiradi
Las-Vegas politsiyasi amerikalik Ketrin Mayorgani zoʻrlash ishi boʻyicha “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni AQSHga chaqirmoqchi.

Oldinroq, 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorga Ronalduni zoʻrlashda ayblagan edi. Maʼlum boʻlishicha, portugaliyalik 2010 yilda qizga jim yurishi uchun 375 ming dollar toʻlagan.

“Ish materiallari yoʻqolgani yoʻq. Soʻroq qachon boʻlishini bilmaymiz, ammo Ronalduning koʻrsatmalarini olishimiz zarur. Bu jinoyat va uni sodir etganlikda ayblanayotgan insonni eshitishimiz kerak” - dedi Las-Vegas politsiya departamenti matbuot kotibi Jakinto Rivera.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Las-Vegas politsiyasi soʻroq qilish uchun Ronalduni AQSHga chaqiradi