22:12 / 11.10.2018
3 428

France Football “Oltin toʻp” soʻrovnomasi natijalarini eʼlon qildi

France Football “Oltin toʻp” soʻrovnomasi natijalarini eʼlon qildi
France Football jurnali 2018 yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan “Oltin toʻp” sovriniga kim loyiq ekanini aniqlash maqsadida, muxlislar orasida soʻrovnoma oʻtkazdi.

Uning natijasiga koʻra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi 48% ovoz toʻplab, eng yaqin taʼqibchisi, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni (31%) katta farq bilan orqada qoldirdi. Uchinchi oʻrin “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi - 8%.

Foto: Getty Images

FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan “Real” yarimhimoyachisi Luka Modrich atigi 2% ovoz toʻpladi.

Soʻrovnomada 700 mingdan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » France Football “Oltin toʻp” soʻrovnomasi natijalarini eʼlon qildi