Krishtianu Ronaldu EChL guruh bosqichida 11 ta gol urdi va rekord o‘rnatdi

  • 09 dekabr 2015, 12:53
  • 4 307
  • Sport
  • Krishtianu Ronaldu EChL guruh bosqichida 11 ta gol urdi va rekord o‘rnatdi

    Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Malme"ga qarshi kechgan uchrashuvda (8:0) to‘rtta gol urib, poker qayd etdi. Ushbu natijadan so‘ng portugaliyalik hujumchining EChL guruh bosqichida urgan gollari soni 11 taga etdi.

    Shu tariqa Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida yangi rekord o‘rnatdi. Ilgari bu borada eng yaxshi natija EChL guruh bosqichida "Shaxter" tarkibida maydonga tushib, 9 ta gol urgan braziliyalik Luis Adrianoga tegishli bo‘lib turgan edi.

    Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu "Real" tarixida EChL/Chempionlar Kubogi musobaqalarining bir o‘yinida to‘rtta gol ura olgan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi. bunga qadar Alfredo Di Stefano, Ferens Pushkash va Ugo Sancheslar shunday natija qayd etgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Krishtianu Ronaldu EChL guruh bosqichida 11 ta gol urdi va rekord o‘rnatdi