“Zenit” hujumchisi Aleksandr Kokorin 2 oyga hibsga olindi

  • 12-10-2018, 09:25
  • 387
  • Sport
  • “Zenit” hujumchisi Aleksandr Kokorin 2 oyga hibsga olindi
    Moskva shahrining Tverskoy sudi “Zenit” hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirillni 8 dekabrga qadar hibsda qoldirdi.

    Eslatib oʻtamiz, 8 oktyabr kuni aka-uka Kokorinlar va “Krasnodar” yarimhimoyachisi Pavel Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va “NAMI” tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni doʻpposlashgan edi. Bu mojarodan biroz oldin esa “Perviy kanal” boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu ish yuzasidan Moskva politsiyasi 213-modda (Bezorilik) boʻyicha jinoyat ishi ochdi va ishtirokchilarni hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.

    » » “Zenit” hujumchisi Aleksandr Kokorin 2 oyga hibsga olindi