20:37 / 12.10.2018
2 207

Ektor Kuper oʻz hisobidan terma jamoa xodimlariga “xizmat haqi” bergani rostmi?

Эктор Купер ўз ҳисобидан терма жамоа ходимларига "хизмат ҳақи" бергани ростми?
Bugun “Championat.asia” saytida jurnalist Shahboz Begʻamov “Oʻzbekiston milliy terma jamoasida faqatgina Kuper va u bilan birga kelgan shtabdagi murabbiylarda rasman shartnoma mavjud. Oʻzimizning qora koʻzlar esa shunchaki «rahmatga” ishlashayotganini koʻpchilik bilmaydi. Ammo buni payqagan va OʻFAdan sado chiqmaganidan ranjigan Kuper kuni kecha oʻz choʻntagidan butun shtabda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarga “xizmat haqi” toʻlagan»,— deb yozdi. Matbuot anjumani vaqtida Ektor Kuper bu holat boʻyicha berilgan savolga quyidagicha javob qaytardi:

«Men hech kimga oylik bermayman, oʻzim oylikka ishlaydigan odamman. Agar kimgadir pul bersam, bu federatsiyaning oʻrniga ularga maosh berganimni anglatmaydi. Ularning xizmati yoqqani uchun shaxsiy tashabbus koʻrsatgan boʻlaman.

Xodimlar erta tongdan boshlab kun boʻyi ishlashadi va ularning xizmati menga maʼqul keldi. Shuning uchun ham mukofot tariqasida ularga pul berganman. Bu masalada federatsiya bilan hech qanday muammo yoʻq», - deya aytib oʻtdi Kuper.

Bosh murabbiy, shuningdek, OʻFA u bilan oʻrtasidagi kelishuvga qay darajada amal qilayotgani, uning talablarini qanchalik qondira olayotgani haqida ham gapirib oʻtdi.

“Federatsiyadan nolimagan boʻlardim. Muammo doim topiladi, ularni birgalikda hal qilyapmiz. Federatsiya bilan hech qanday muammoyim yoʻq. Barcha oyliklar oʻz vaqtida toʻlanyapti”, - deya taʼkidladi Oʻzbekiston terma jamoasi ustozi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper oʻz hisobidan terma jamoa xodimlariga “xizmat haqi” bergani rostmi?