08:55 / 13.10.2018
1 817

Yangi mavsum kashfiyoti faoliyatini qaysi klubda davom ettiradi?

Yangi mavsum kashfiyoti faoliyatini qaysi klubda davom ettiradi?
Gap markaziy himoyachilar haqida ketganda ular himoyani pleymeykerlik bilan chambarchas bogʻlagan sanʼatni kutishadi. Zamonaviy tilda aytganda, yuqorida tilga olgan pozitsiya vakiliga “Ayaks”ning yoshlar jamoasi sardori Mattiys De Ligt namuna boʻla oladi.

Uning Chempionlar Ligasi guruh bosiqichidagi birinchi kimsan Myunxenning “Bavariya”siga qarshi boʻldi. Birinchi imtihonini naq Robert Levandovskidan olgan himoyachi amsterdamliklar uchun oʻzining 75-oʻyinini oʻtkazdi. Hali 20 ga ham toʻlmagan bolakayning davri hali oldinda.

Cheklanmagan salohiyatga ega De Ligt Gollandiya termasiga ilk chaqiruvini olganidan beri unda yuksak salohiyat borligi bong urilmoqda. Golland futboli Yap Stam davridan beri hali bunaqangi universal markaziy himoyachini koʻrgan emas.

“Zargʻaldoqlar” uchun Virgil Van Deyk bilan mustahkam himoya juftligini hosil qilgan De Ligt sherigidan ham ancha mahoratliroq himoyachi boʻlib yetishishini koʻpchilik bashorat qilmoqda.

Aftidan u “Ayaks” bilan soʻnggi mavsumini oʻtkazmoqda. Boisi uni oʻz safida koʻrishni istayotgan grandlar soni kun sayin oshib bormoqda. Quyida uning kelajagi qaysi klubda boʻlishi haqida tahlil qilamiz.

Orzu: “Barselona”

De Ligt “Ayaks” yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Barselona” bilan mushtarak futbol falsafasiga egaligi sababli koʻpchilik tahlilchilar “Kamp Nou” himoyachi uchun faoliyatini davom ettirishning ideal varianti sifatida koʻrmoqda. Uning oʻzi ham “Barsa”ni Ispaniyadagi sevimli jamoasi ekanligini ommaviy tarzda eʼlon qildi.

Yagona masala u bir bosh ustunga sakrashga tayyorligida. La Liganing amaldagi chempionlari saviyasiga eʼtiroz yoʻq. Ammo Erediviziyaning kamtarona saviyasi nechogʻlik taʼsir koʻrsatadi, buni aytishga hali erta.

De Ligt Pikening vorisimi?

Yosh muhimmas, shunchaki raqam degan iborani qoʻllash juda oʻrinli boʻladi. “Barsa” hozir boʻlmasada, yaqin kelajakni Pikesiz tasavvur qilishni oʻylab koʻrishi kerak. De Ligt esa uning oʻrnini munosib toʻldirishi aniq.

Uning taʼlimi va kataloniyaliklarning Kruyff taʼlimoti boʻyicha harakatlanishi De Ligtning ishlarini ancha osonlashtirishi mumkin.

Haqiqat: “Bavariya”

“Bavariya” De Ligtning imkoniyatlariga shohid boʻlgan ilk Yevropa grandi boʻldi. Jerom Boaten yozda “Alyans Arena”ni tark etishga juda yaqin edi, ammo bir yoki bir necha sabab tufayli bu ish amalga oshmadi.

De Ligt Chempionlar Ligasida “Bavariya” bilan 1-1 hisobidagi durangda jamoasining muhim vakili boʻldi.

“Bavariya”da Boatengning munosib oʻrinbosari yoʻq. 23 yoshli Niklsa Zyule, 29 yoshli Mats Xummels Boateng saviyasiga chiqa olganicha yoʻq. De Ligt uzoq muddatli kelajakka haqiqiy investitsiya boʻladi.

Uning pozitsion joy tanlashdagi mahorati “Borussiya Dortmund”ning sobiq vakilini munosib toʻldirgan boʻlardi.

Djoker: “Manchester Yunayted”

Angliyaga katta pullar evaziga yoʻl oladigan transferlarni nazorat qilish qiyin. Sababi koʻpchilik futbolchilari uchun Premyer Liga ohanrabodek oʻziga tortadi.

De Ligtning koʻplab vatandoshlari allaqachon Yevropaning eng tomoshabop birinchiligida javlon urmoqda. Uni Top-6 jamoalar zimdan kuzatib borayotgani aniq.

U Mourinoning MYU siga mosmi?

“Taqachilar” safida hozirda uch nafar “Ayaks” tarbiyalanuvchilari (Tobi Alderveyreld, Kristian Eriksen va Yan Vertongen) oʻzlarini nimalarga qodirligini koʻrsatishmoqda va oʻtgan mavsumda ular Devinson Sanchesni ham oʻz safiga qoʻshib olgandi. Biroq u allaqachon “Tottenxem” oʻyiniga kirishib ketgan. Biroq MYU dachi?

Ha, ularda markaziy himoyachilar boʻyicha tanlov kam emas. Ammo ularni hurmat qilgan holda aytish mumkinki, De Ligt “qizil iblislar” safini munosib tarzda kuchaytira oladi. Erik Bayi bilan hamkorlik masalan muvaffaqiyatli kechishi mumkin. Biroq bitta muammo bor. Uning ingliz klubi safidagi faoliyati Mourino ketgach omadli chiqadi. Portugaliyalik murabbiyning taktik ishlanmalari De Ligtnikiga umuman teskari. Xullas, gollandiyalik iqtidor egasini yangi mavsumda katta ehtimol bilan yuqorida tilga olingan jamoalar safida koʻrsak ajablanmaslik kerak.
Erkinjon Gʻaybullayev

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yangi mavsum kashfiyoti faoliyatini qaysi klubda davom ettiradi?