11:30 / 13.10.2018
3 938

Superligaga kim chiqadi? “Andijon”, “Mashʼal”, “Surxon” yoki “Istiqlol”, balki “Dinamo”?

Superligaga kim chiqadi? “Andijon”, “Mashʼal”, “Surxon” yoki “Istiqlol”, balki “Dinamo”?
2019 yil quyi ligadan elit ligaga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqadigan jamoa nomini bilishimizga ham oz qoldi. Yana 6ta turdan soʻng PRO Liga gʻolibiga oydinlik kiritamiz.

Hozircha bu yerdagi kurash juda ham qizgʻin kechayapti. Ochkolar deyarli bir xilda. “Surxon”, “Mashʼal” hamda “Andijon” birinchi oʻrin uchun kurash olib borayotgan bir pallada, ancha ortda qolib ketgan “Istiqlol”, yuqoridagi trioni koʻplab ochkolarni yoʻqotishidan unumli foydalanib qoldi. Hozir ular 48 ochko bilan toʻplar nisbatiga koʻragina uchinchi oʻrinda turibdilar. Bu toʻrtlik keyingi 6ta tur davomida oʻzaro oʻynashlarini inobatga olsak, intriga hali davom etishini bashorat qilishimiz mumkin.

Taqvimning qolgan qismi “Surxon” va “Istiqlol” uchun qulayroq. Ularni 2 ta jiddiy oʻyin kutib turibdi. Shulardan biri oʻz uylarida, biri safarda boʻladi. “Mashʼal” va “Andijon” esa 3ta jiddiy raqib bilan toʻqnash keladilar. “Andijon”ga biroz osonroq boʻladi. 2 tasi bilan uyda oʻynaydi. “Mashʼal” esa aksincha qiyin 6 ochkoni Fargʻona va Surxondaryoda yutib olishi lozim boʻladi.

Bu oʻyinlarda murabbiylar katta planga chiqadilar. Qay bir murabbiy jamoani oʻyinga jiddiy tayyorlay olsa marraga birinchi boʻlib yetib kelishi aniq. Agar PFL oʻz prinsipiga sodiq qolsa! Hamma gap shu yerda. PFL va OʻFA tomondan urchiyotgan gap soʻzlardan keyin “Mashʼal” va “Istiqlol” jamoalari oʻyga tushdilar. Agar Samarqand va Andijonga katta futbol qaytarish niyati rostdan amalga oshsa, “Mashʼal”ni yil boʻyi qiynalib turnir jadvalida yuqori oʻrinni egallashi bir pul boʻladi. Poytaxtga uchta jamoa ortiqchalik qilayotgan bir paytda, Fargʻona viloyatiga ham uchta jamoa sigʻmasa kerak, bu esa “Sementchi”ning taqdiri “Istiqlol”ga ham tushishidan dalolat. Balki “Dinamo” kuchlilar ligasiga qaytar, garchand toʻrtlikka kirmasada. Chunki yil boshida ular magʻlublar qatorida boʻlmasalarda kuchlilar safini tark etgan edilar.

Shuning uchun ham PFL oʻz prinsipida qattiq turishi kerak va reglamentga amal qilishi lozim. Agar bu yil ham reglamentga amal qilinmasa, kelasi yili biron klub Pro Ligaga qiziqish bildirmasligi mumkin.

Shaxsan bizga bu yilgi PRO Liga juda yoqayapti.

PRO Liga 26-turdan keyingi holat

Quyida Superliga harakatida boʻlgan jamoalarning keyingi oʻyinlarining taqvimini taqdim qilaman.

“Andijon” jamoasining qolgan oʻyinlari
“Andijon” - “Orol”
“Shoʻrtan” - “Andijon”
“Andijon” - “Surxon”
“Xorazm” - “Andijon”
“Andijon” - “Istiqlol”
“Mashʼal” - “Andijon”

“Mashʼal” jamoasining qolgan oʻyinlari
“Surxon” - “Mashʼal”
“Istiqlol” - “Mashʼal”
“Mashʼal” - “Xorazm”
“Mashʼal” - “Dinamo”
“Norin” - “Mashʼal”
“Mashʼal” - “Andijon”

“Surxon” jamoasining qolgan oʻyinlari
“Surxon” - “Mashʼal”
“Dinamo” - “Surxon”
“Surxon” - “Norin”
“Andijon” - “Surxon”
“Surxon” - “Orol”
“Shoʻrtan” - “Surxon”

“Istiqlol” jamoasining qolgan oʻyinlari
“Xorazm” - “Istiqlol”
“Istiqlol” - “Mashʼal”
“Dinamo” - “Istiqlol”
“Istiqlol” - “Norin”
“Andijon” - “Istiqlol”
“Istiqlol” - “Orol”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligaga kim chiqadi? “Andijon”, “Mashʼal”, “Surxon” yoki “Istiqlol”, balki “Dinamo”?