18:11 / 13.10.2018
4 938

Habib Nurmagomedov o‘ziga kelib tushgan taklif haqida ma’lum qildi

Habib Nurmagomedov o‘ziga kelib tushgan taklif haqida ma’lum qildi
Yengil vazn toifasida Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedovning ma’lum qilishicha, unga WWE restling-promoushndan taklif kelib tushgan.

«WWE ularga kelishni so‘radi. Yigitlar, sizlar nima deb o‘ylaysiz?» - deya yozgan Habib tvitterdagi sahifasida. U postiga #SmashLesnar (Brok Lesnarni do‘pposlash) va #FakeFights (haqiqiy bo‘lmagan janglar) xeshteglarini ham qo‘shib qo‘ydi.

6 oktyabr kuni Las-Vegasda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasi doirasida yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi. Kechaning asosiy jangida u irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov o‘ziga kelib tushgan taklif haqida ma’lum qildi