21:51 / 13.10.2018
3 449

Ektor Kuper: "Bugun men natijadan emas, jamoaning ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman"

Ektor Kuper: "Bugun men natijadan emas, jamoaning ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman"
Xabaringiz bor bundan biroz avvalroq poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda O‘zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qiziqarli kechgan bahsda futbolchilarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinsi qismidan terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- G‘alaba qozonish doimo yoqimli. Biroq, bugun men natijadan emas, jamoaning ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman. Chunki, Eronga qarshi o‘yin bilan solishtirsak, bugun o‘sha uchrashuvdagi xatolarni ko‘rmadik. Eronga qarshi o‘yinda pressingda barcha futbolchilar qatnashmagan edi. Biroq bu o‘yinda unday bo‘lmadi, barcha birdek harakat qildi.

Hujum chizig‘ida biroz muammolarimiz bor. Juda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi. Balki futbolchlarga sovuqqonlik yetishmagandir.

Aliboyevni birinchi marta chap qanot yarim himoyasida sinab ko‘rdik. Uning harakatlari meni to‘liq qanoatlantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: "Bugun men natijadan emas, jamoaning ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman"