07:30 / 14.10.2018
3 902

Jangning "dodasi": Qudratillo mashhur Jessi Vargasga qarshi ringga chiqadi! (foto)

Jangning "dodasi": Qudratillo mashhur Jessi Vargasga qarshi ringga chiqadi! (foto)
Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov jahon chempionlik kamari uchun saralash jangida ishtirok etadi.

Faoliyatini mag‘lubiyatsiz davom ettirayotgan Qudratillo ayni paytda IBF reytingida 4-o‘rinni egallab turibdi. Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jessi Vargas esa reytingning uchinchi pog‘onasidan joy olgan.

Olamsport.com saytiga ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak jangda g‘alaba qozongan bokschi yarim o‘rta vazn toifasi IBF reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi. Tashkilot qoidalariga ko‘ra reyting peshqadami avtomatik ravishda IBF chempioniga qarshi jang o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi. Hozir bu vaznja Errol Spens amaldagi jahon chempioni bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida (6 oy muddat ichida) chempionlik kamarini himoya qilmagan 25 yoshli charm qo‘lqop ustamiz WBC Silver chempionlik kamaridan mahrum qilingan edi. Abduqahhorov IBF tashkilotiga jangda qatnashish uchun o‘z roziligini bildirdi.

Hozircha 29 yoshli Vargas bu jang yuzasidan o‘z javobini aytmagan. Uning ixtiyorida 15 oktyabrgacha vaqt bor. Jessining so‘nggi ikki jangi durang natija bilan yakunlangan edi.

Ma’lumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KOs) professional boksdagi faoliyati davomida 15ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. To‘qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Tajribali Jessi Vargas esa (28-2-2, 10 KOs) 32ta jangda ringga ko‘tarilgan. G‘alabalari soni 28ta, 2ta jangda durang natija qayd etgan va yana 2tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Mag‘lubiyatlaridan birini afsonaviy Menni Pakyaodan qabul qilib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jangning "dodasi": Qudratillo mashhur Jessi Vargasga qarshi ringga chiqadi! (foto)