11:53 / 14.10.2018
3 711

Yemelyanenko amerikalik raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi

Yemelyanenko amerikalik raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Fedor Yemelyanenko Bellator Gran-Prisi yarim finalida amerikalik Cheyl Sonnenni mag‘lubiyatda uchratdi.

Nyu-Yorkda o‘tkazilgan jangning birinchi raundida Yemelyanenko bir zarba bilan raqibni polga qulatdi. U amerikalik jangchiga ustma-ust zarbalar tushira boshlaganida, referi jangni to‘xtatdi.

Yarim finalning ikkinchi jangida Rayan Beyder amerikalik Mett Mitrion ustidan g‘alabaga erishdi.

Yemelyanenko shu yilning aprelida turnir chorak finalida boshqa bir amerikalik Frenk Murni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Bu 42 yoshli Yemelyanenkoning faoliyatidagi 38-g‘alaba bo‘ldi. U janglarning 5tasida mag‘lub bo‘lgan. Rossiyalik sportchi Pride tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan turnirlarda 2003 yildan 2007 yilgacha uzluksiz chempion bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yemelyanenko amerikalik raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi