20:45 / 14.10.2018
3 838

O‘zbekiston – Qatar milliy terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini chiptalari sotuvda

O‘zbekiston – Qatar milliy terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini chiptalari sotuvda
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2019 yil Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogidagi munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Qatarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirilganidan futbol muxlislarining xabarlari bor. Ushbu o‘rtoqlik o‘yini 16 oktyabr kuni soat 19:00 da “Milliy” stadionida boshlanadi.

O‘rtoqlik o‘yinini bevosita stadiondan kuzatishni maqsad qilgan futbol ixlosmandlari chiptalarni “Milliy” stadioni kassalaridan sotib olishlari mumkin. Chipta narxlari CIP sektorlar uchun 60 000 so‘m, qolgan barcha sektorlar uchun 20 000 so‘m etib belgilangan.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston – Qatar milliy terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini chiptalari sotuvda