23:45 / 14.10.2018
3 682

Ertaga “Milliy” stadionida O‘zbekiston – Qatar o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Ertaga “Milliy” stadionida O‘zbekiston – Qatar o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi
Joriy yilning 16 oktyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvdan 1 kun oldin, ya’ni ertaga 15 oktyabr kuni “Milliy” stadionning matbuot anjumanlari zalida har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani soat 11:00 da boshlanadi. Soat 11:30 da Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi jurnalistlar savollariga javob beradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinoldi rasmiy mashg‘uloti soat 16:30da Toshkent Temir Yo‘llari Muhandislik Instituti maydonida o‘tkaziladi. Raqiblarimizning rasmiy mashg‘uloti esa soat 17:30da “Milliy” stadionida boshlanadi.

O‘yinni bevosita stadionda tomosha qilishni istagan muxlislar chiptalarni "Milliy" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Chiptalar savdosi davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ertaga “Milliy” stadionida O‘zbekiston – Qatar o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi