23:29 / 14.10.2018
3 258

Millatlar Ligasi. Rossiya termasi Turkiyaga imkon qoldirmadi

Millatlar Ligasi. Rossiya termasi Turkiyaga imkon qoldirmadi
UYeFA Millatlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan Rossiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Sochidagi “Fisht” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida ruslar standart vaziyatni golga aylantirishdi, Aleksand Golovinning burchakdan uzatgan to‘piga Georgiy Jikiyazarba berdi, darvoza ustuniga tegib qaytgan to‘pni Roman Noyshtedter bo‘sh darvozaga aniq yo‘naltirib, hisobni ochdi.

78-daqiqada o‘ng qanotdan tezlik olgan Golovin to‘pni Denis Cherishevga qulay tarzda tashlab berdi, “Valensiya” yarim himoyachisi esa darvozaning yaqin burchagini ustalik bilan nishonga oldi.

Shu tariqa, Rossiya guruhda yakka peshqadamlik qilishda davom etmoqda (3 o‘yin, 7 ochko). Turkiya esa ikkinchi o‘rinda (3 o‘yin, 3 ochko). Uchinchi pog‘onani Shvetsiya egallab turibdi (2 o‘yin, 1 ochko).

Millatlar Ligasi, 4-tur

Rossiya – Turkiya 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar:
1:0 – 20 Noyshtedter, 2:0 – 78 Cherishev.

Rossiya – Gilerme, Noyshtedter, Kudryashov, Fernandes, Djikiya, Gazinskiy, Zobnin, Golovin (Poloz, 90), Ionov (Kambolov, 82), Kuzyayev (Cherishev, 71), Dzyuba.

Turkiya – Bolat, Aziz, Kaldirim (Bayram, 75), Chelik, Seyundjyu, Tekdemir (Ozdjan, 63), Yokushlu, O‘z’yakup (Malli, 84), O‘nder, Chalxano‘glu, To‘sun.

Ogohlantirishlan: Kaldirim (37), To‘sun (54), Golovin (55).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Millatlar Ligasi. Rossiya termasi Turkiyaga imkon qoldirmadi