07:28 / 15.10.2018
3 235

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisdan RFIga tavsiya

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisdan RFIga tavsiya
"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev borasidagi voqeaga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Og‘ir holat... Yigitlarga ham, jabrlanuvchilarga ham qarash achinarli. Bunday holatning bo‘lganini o‘zi ayanchli. Tushunaman, hayotda barchasi bo‘ladi, ammo mushtlarni ishlataverish - yaxshi emas. Agarda ular bu orqali jazolanib, futboldan ketadigan bo‘lishsa, bu yomon holat bo‘ladi. Biroq nima bo‘lgan holatda ham o‘zini bunday tutish yomon. Ehtimol ular nima ish qilib qo‘yganini tushunib, bu be’manilik ekanini bilgandirlar. Hozirda biz klub rahbariyati bunga qanday qaror chiqarishini taxmin qila olamiz.

Kokorin va Mamayevni sud qilishadimi? Menimcha ularni sud qilish kerak. Ammo mening fikrimcha, ularga yaxshigina jarima solish kerak. Misol uchun ikkisidan 1 mln dollardan undirib olib, pullarni bolalar uyi va kasalxonalarga taqdim qilish kerak. Bu orqali ularning faoliyatiga nuqta qo‘yish - oshib ketmadimikin? Jarima yaxshi variant. Shunda ular bu ishni boshqa takrorlashmaydi", - dedi Kanchelskis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisdan RFIga tavsiya