07:57 / 15.10.2018
3 474

Qatar Toshkentga 4 nafar yetakchi futbolchini olib kelmadi

Qatar Toshkentga 4 nafar yetakchi futbolchini olib kelmadi
16 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qatar milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
12 oktyabr kuni Qatar o‘z maydonida Ekvadorni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur o‘yinda ishtirok etgan to‘rt nafar futbolchi Toshkentga kelmaydi.

Terma jamoa ustozi Feliks Sanches "Al Sadd" futbolchilari Akrom Afif, Pedro Migel, Bualem Xuxi va Abdulkarim Hassanni o‘z klubiga qo‘yib yubordi.

Bunga ushbu klubning Osiyo chempionlar ligasi yarim finali javob bahsiga tayyorgarlik ko‘rayotgani sabab bo‘ldi. "Al Sadd" 23 oktyabr kuni Eronning "Persepolis" klubi mehmoni bo‘ladi. Doxadagi birinchi o‘yinda "Persepolis" 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Oldindagi javob o‘yini juda muhimligi bois "Al Sadd" rahbariyati terma jamoadan mana shu futbolchilarni so‘rab oldi.

Qatarning Toshkentga kelgan futbolchilari ro‘yxati:

Darvozabonlar
Saad Al Shib ("Al Sadd")
Yusuf Hassan ("Al Garafa")
Muhammad Ahmad Bakri ("Al Xor")

O‘yinchilar
Salim Al Xajri ("Al Sadd")
Tariq Salmon ("Al Sadd")
Hassan Al Haydos ("Al Sadd")
Bassam Xisham Al Ravi ("Al Duhail")
Karim Budiaf ("Al Duhail")
Sulton Al Burayk ("Al Duhail")
Assim Madibo ("Al Duhail")
Abdlloh Abdul Salom Al Ahraq ("Al Duhail")
Almoyez Ali ("Al Duhail")
Muhammad Musa ("Al Duhail")
Ali Afif ("Al Duhail")
Abdulaziz Xotam ("Al Garafa")
Ahmad Ala Aldin ("Al Garafa")
Abdul Karim Salim ("Al Sayliya")
Muhammad Alaa ("Ar Rayan")
Ahmad Fathi ("Al Arabi")
Muhammad Salah Al Nil ("Al Arabi")
Ahmad Moyen ("Qatar SK")
Ali Avad ("Qatar SK")

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar Toshkentga 4 nafar yetakchi futbolchini olib kelmadi