13:50 / 15.10.2018
3 213

Ektor Kuper: "Raqiblarimizning o‘yinlarini o‘rganish uchun mutaxassislarimizni yuboramiz"

Ektor Kuper: "Raqiblarimizning o‘yinlarini o‘rganish uchun mutaxassislarimizni yuboramiz"
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston – Qatar o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu bellashuv oldidan ikkala terma jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbolchi Odiljon Hamrobek jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Ektor Kuper: - Ertangi o‘yindan asosiy maqsadimiz birinchi KXDRga qarshi o‘yindagi tartibli himoyani yanada takomillashtirish, yangi futbolchilarning ayrimlarini sinab ko‘rishdir. Keyingi yig‘inimiz bir oydan keyin tashkil etiladi. Umid qilaman keyingi yig‘inga ham futbolchilar yaxshi formada qaytib kelishadi.

Odil Hamrobekov: - Ertangi o‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa ham qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q.

Ektor Kuper: - Raqiblar o‘yinini tahlil qilib boryapmiz. Kelasi bellashuvlarda o‘z mutaxassislarimizni raqib o‘yinlarini o‘rganish uchun yuborishni niyat qilganmiz. Biz birinchi o‘rinda raqibga qarab moslashishni emas, balki o‘z o‘yin uslubimizni yaratishga harakat qilamiz.

Hech bir o‘yinchiga terma jamoada joy kafolatlanmagan. Men kimnidir termaga chaqirsam yoki chaqirmasam bu haqda batafsil ma’lumot berishni istamayman. Kimnidir yig‘inga chaqirmasam o‘sha futbolchi qaytib terma jamoada o‘ynamaydi degani emas.

Odil Hamrobekov: - "Milliy" stadionining maydonini yomon deb ayta olmayman. Bu maydonda ko‘plab o‘yinlar o‘tkazilayotgani sabab ideal holatda emas. Lekin bu bizning yaxshi o‘ynamasligimiz uchun bahona bo‘la olmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: "Raqiblarimizning o‘yinlarini o‘rganish uchun mutaxassislarimizni yuboramiz"