O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Avstraliyada tashkil etiladigan yig‘in doirasida Livan termasi bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu ma’lumotni Qatarga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Ektor Kuper tasdiqladi.
Undan Livan terma jamoasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich noyabr oyida O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini bo‘lishini aytgani haqidagi intervyu bo‘yicha so‘rashgan.
«Bizga Livan termasi bilan o‘yin 15 noyabrda bo‘ladi, deb ma’lumot berilgan. Agar biror o‘zgarish ro‘y bergan bo‘lsa, bundan bexabarmiz», deya Kuperning so‘zlarini keltirmoqda «Tribuna.uz».
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida O‘zbekistonda havo harorati past bo‘lishi tufayli mamlakat termasi navbatdagi yig‘inini Avstraliyada o‘tkazadi. U yerda Ektor Kuper jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi ham maydonga tushishi belgilangan.
16 oktyabr kuni milliy terma jamoa Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv «Milliy» stadionida soat 19:00da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga shu yilning avgustida tayinlangan argentinalik mutaxassis o‘tgan vaqt davomida terma jamoani uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga olib tushdi. Sentyabr oyi boshida Suriya va Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etilgandi (Suriya bilan 1:1, Eron bilan 0:1), 13 oktyabr kuni KXDRga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida esa 2:0 hisobidagi g‘alaba qayd etilib, terma jamoaning 10 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasiga barham berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?