08:02 / 16.10.2018
5 008

Floyd Meyuezer Xabib Nurmagomedovning jang oʻtkazish taklifiga rozi boʻldi

Floyd Meyuezer Xabib Nurmagomedovning jang oʻtkazish taklifiga rozi boʻldi
Amerikalik bokschi Floyd Meyuezer rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovning jang oʻtkazish chaqirigʻiga rozilik javobini berdi.

Avvalroq Nurmagomedov Meyuezerga jang oʻtkazish taklifi bilan chiqqandi.

“CBS, Showtime va MGM Grand – pullarni tayyorlang. Leonard Ellerbi (Mayweather Promotions rahbari) sahifasiga qarang, Xabib Nurmagomedov meni jangga chorladi”, deb yozgan Meyuezer instagramda.

Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Adbulmanop Nurmagomedov jang Rossiyada oʻtkazilishi kerakligini aytgan.

“Bizda juda katta motivatsiya bor. Jang qachon oʻtishi mumkin? Dastlab diskvalifikatsiya muddati yakunlanishini kutish kerak”, deb aytgan Adbulmanop Nurmagomedov.

“Bu raqibni tor-mor etamiz. Xabib yaqin kurashda klinch holatiga oʻtadi, bu sof boksga oʻxshash boʻlmaydi. Umid qilamanki, Xabibda imkon Makgregornikidan yuqoriroq. Bizning burchakda Vasiliy Lomachenko, Mayk Tayson va Rossiyaning eng yaxshi murabbiylaridan biri boʻlishiga umid qilaman”, deb qoʻshimcha qilgan Adbulmanop Nurmagomedov.

Nurmagomedov 6 oktyabrda UFC 229 musobaqasi doirasida Konor Makgregorni magʻlub etib, yengil vaznda UFC chempioni unvonini oʻzida saqlab qolgan. Meyuezer esa 2017 yil avgustida boks qoidalari boʻyicha oʻtgan jangda Makgregor ustidan gʻalaba qozongandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Floyd Meyuezer Xabib Nurmagomedovning jang oʻtkazish taklifiga rozi boʻldi