06:00 / 16.10.2018
4 087

Ronaldu va uning dugonasini Parijda koʻrib qolishdi (FOTO)

Ronaldu va uning dugonasini Parijda koʻrib qolishdi (FOTO)
“Yuventus” klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu hamda Jorjina Rodriges Parijda ajoyib oqshom oʻtkazishdi.

Bu juftlikni Parijdagi eng qimmat - Cesar restoranida koʻrib qolishgan, deb xabar bermoqda Britaniyaning The Sun nashri. Ularni paparassilar restorandan chiqaverishda suratga olishgan.

Eslatib oʻtamiz, Ronaldu ayni paytda nomusga tegishda ayblanmoqda. Bir necha kun avval amerikalik model Ketrin Mayorga portugaliyalik futbolchini 2009 yili oʻziga nisbatan zoʻravonlik ishlatganlikda ayblagan edi.

Aniqrogʻi, Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan oʻsha voqeadan soʻng Ronaldu qizga jim yurishi uchun pul bergan ekan. Oradan 9 yil oʻtib, Mayorga yana yotgan ilonning boshini qoʻzgʻadi. Futbolchining oʻzi bu ayblovni inkor etmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va uning dugonasini Parijda koʻrib qolishdi (FOTO)