09:56 / 16.10.2018
3 485

Oʻzbekiston yoshlari ikki durangdan soʻng Fransiyadan kichik hisobda yengildi

Oʻzbekiston yoshlari ikki durangdan soʻng Fransiyadan kichik hisobda yengildi
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek Gʻulomxoʻjayev Shotlandiya va Belgiya termalariga qarshi oʻyinlarda katta hajmdagi ishni bajargan futbolchilarni Fransiyaga qarshi dastlabki daqiqalardan maydonga tushirmadi. Bular: Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov, Mirshoh Sattorov, Odil Abdumajidov. Shuningdek, darvozabon Abduvohid Neʼamatov mashgʻulotda orttirib olgan jarohati sabab oʻyinni qoʻyib yubordi.

Birinchi boʻlimda maydonda teng kurash bordi va xavfli hujumlar koʻp boʻlgani yoʻq. Oʻzbekistonlik futbolchilar asosan eʼtiborni himoyaga qaratdi. Toʻp bilan muomalada fransiyaliklar koʻproq boʻldi.

Hisob 33-daqiqaga kelib Koba Koindrede tomonidan ochildi. Jarima maydonchasi ichida himoyachilar uni qarovsiz qoldirdi. Toʻpni egallab olgan Koba toʻpni darvozaga aniq yoʻllay oldi. Shuningdek, 4-daqiqada Bilol Benhedim tomonidan yoʻllangan zarba darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi.

Ikkinchi boʻlimni oʻzbekistonlik futbolchilar ikki oʻzgarish bilan boshladi, oʻyin tezlashdi. Natijada fransiyalik futbolchilar ketma-ket uch bor jarima maydonchasi yaqinida oʻyin qoidasini buzishga majbur boʻldi.

47-daqiqada Jasur Jaloliddinovning jarimadan yoʻllagan zarbasini darvozabon qaytardi. 62-daqiqada Hojimat Erkinov qarama-qarshi nuqtadan oʻng oyoqda zarba yoʻlladi, biroq uning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. 65-daqiqadagi jarima zarbasi ancha xavfli koʻrinish oldi. Hojimat Erkinov darvozaning olis burchagini nishonga olgandi. Biroq darvozabon ajoyib seyv bilan toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Shu kuni Otabek Gʻulomxoʻjayev zaxiradagi barcha futbolchilarga oʻzini koʻrsatish uchun imkoniyat taqdim etdi. Uchrashuv Jan-Luk Vanuchchi shogirdlarining kichik hisobdagi gʻalabasi bilan yakuniga yetdi.

FRANSIYA U18 — OʻZBЕKISTON U17 1:0

Gol:
Koba Koindrede, 33 (1:0).

Ogohlantirish: Sunnat Hamidjonov (90+2).

Fransiya U18: 16. Lukas Shevaliyer — 2. Yann Gudart, 3. Rayan Ayt Nuri, 5. Loik Mbe Soh, 6. Keprem Tyuram, 9. Ulrik Brad Eneme Ella, 10. Noa Massengo Kan, 11. Tirone Tormin, 12. Befode Diakite, 15. Koba Koindrede, 17. Bilol Benhedim.

Zaxiradagilar: 1. Stefan Bajich — 4. Uilyam Saliba, 7. Lukas da Kunya, 8. Joris Shotard, 13. Matyu Gonsalvesh, 14. Vendel Kinas, 18. Kuadio Kone, 19. Yanis Begri.

Oʻzbekiston U18: 12. Asad Polvonov — 23. Eldor Begimov, 3. Asliddin Toshtemirov (4. Odil Abdumajidov, 46), 14. Sunnat Hamidjonov, 6. Ibrohimhalil Yoʻldoshev (2. Saidazamat Mirsaidov, 85) — 11. Begzod Shamsiyev (9. Mironshoh Sattorov, 40), 17. Diyor Ramazonov (16. Muhammadqodir Rahimbergenov, 70 — 5. Maksim Kim, 85) — 8. Ibrohim Ibragimov (22. Muzaffar Olimjonov, 60 — 10. Xushnud Bozorov, 85) — 13. Alisher Odilov (15. Hojimat Erkinov, 35), 19. Ruslan Roziyev (18. Ulugʻbek Hoshimov, 70) — 7. Abdulaziz Abdusalomov (20. Jasur Jaloliddinov, 46).

Zaxiradagilar: 1. Abduvohid Neʼmatov; 2. Saidazamat Mirsaidov; 5. Maksim Kim, 10. Xushnud Bozorov, 16. Muhammadqodir Rahimbergenov, 22. Muzaffar Olimjonov; 18. Ulugʻbek Hoshimov.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston yoshlari ikki durangdan soʻng Fransiyadan kichik hisobda yengildi