Yengil vaznda Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning amakisi Aleks so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik Konor Makgregor jiyaniga revansh uchun 15 million dollar taklif qilgan.
«U Habibga qiziq emas. U hech qanday pul uchun u bilan jang qilmaydi. Ha, men ular unga revansh taklif qilishayotganini bilaman. Ular boshlanishidayoq 15 millionlik taklif bilan chiqishdi. Lekin Habib «yo‘q» dedi. Konor navbatga tursin, boshqalar bilan jang qilsin. Habib esa Fergyuson bilan jang qilishni istaydi, keyin o‘z faoliyatini tugatmoqchi», - deya Aleks Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».
6 oktyabrda Nurmagomedov to‘rtinchi turda Makgregorni mag‘lubiyatga uchratib, yengil vaznda UFC chempioni kamarini himoya qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 50 Cent Habib Nurmagomedovga 2 mln dollar taklif qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring