Oʻzbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov Qatarga (2:0) qarshi oʻrtoqlik bahsidan soʻng, “Sport” telekanali muxbiri savollariga javob qaytardi.
Futbolchi bu oʻyinda 1 ta gol urib, 2-golga hammualliflik qilgan edi.
- Terma jamoaning oʻyini sizni qoniqtirdimi?
- Terma jamoaning oʻyinida birinchi navbatda natija muhim hisoblanadi. Bugun 2:0 hisobida gʻalaba qozondik, demak, bundan hamma xursand boʻlishi va qoniqishi kerak.
- Birinchi boʻlimda gol urishga nima xalaqit berdi?
- Biz har doim gol urish uchun maydonga tushamiz. Ammo raqib ham kuchsiz emas edi. Oʻyinda biroz qiyin boʻldi. Ammo hisobni ochganimizdan soʻng, hammasi joyiga tushib ketdi.
- Ob-havoning sovuq kelishi terma jamoa oʻyiniga halal berdimi?
- Ob-havoning taʼsiri boʻlmadi. Biroq, “Milliy” stadioni maydonining holati yomon edi. Bu Oʻzbekiston terma jamoasi boʻlsa, nimaga “Paxtakor” stadionida oʻynash mumkin emas? Bunaqa maydonda har ikkala terma jamoa ham oʻz oʻyinini namoyish etishga qiynaldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi