11:25 / 20.10.2018
5 123

Floyd Meyuezer Nurmagomedov bilan qanday shartda jang o‘tkazishini ma’lum qildi

Floyd Meyuezer Nurmagomedov bilan qanday shartda jang o‘tkazishini ma’lum qildi
Amerikalik bokschi Floyd Meyuezer rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov bilan faqatgina boks qoidalari bilan jang qilishga rozi bo‘ldi.

“U meni chorladi. Unda u mening olamimga kelishiga to‘g‘ri keladi”, deb aytgan Meyuezer.

Bokschi ushbu jang uchun Konor Makgregorga qarshi o‘tkazgan jangidan 100 mln dollar ko‘proq ishlab olmoqchiligini ta’kidlab o‘tgan.

Meyuezer jang o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yagona joy Las-Vegas ekanligini qo‘shimcha qilgan. U shuningdek, Nurmagomedov jang vaqtida va jangdan keyin o‘zini professionallarga xos tuta olishini isbotlashi lozimligini aytgan.

Avvalroq Nurmagomedov Meyuezerga jang o‘tkazishni taklif qilgandi. Amerikalik bokschi bunga rozi bo‘lgan.

Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Adbulmanop Nurmagomedov avval aytganidek, jang Rossiyada o‘tishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Floyd Meyuezer Nurmagomedov bilan qanday shartda jang o‘tkazishini ma’lum qildi