13:32 / 18.10.2018
3 486

Mundo Deportivo: Neymar «Barselona»ga qaytishni istamoqda

Mundo Deportivo: Neymar «Barselona»ga qaytishni istamoqda
«PSJ» klubi hujumchisi Neymar sobiq jamoasi bo‘lmish «Barselona»ga qaytishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, braziliyalik futbolchi «Barselona» rahbarlari bilan uchrashuvda bir necha bor klubga qaytish istagida ekanini ta’kidlagan. Yana Neymar «Barsa»dagi sobiq kasbdoshlarini sog‘inmoqda va hozirgacha ular bilan suxbatlashib turadi.

26 yoshli futbolchiga Parijda 19 yoshli Kilian Mbappening soyasida qolib ketgani yoqmayapti. U Fransiya chempionati va Kubogi o‘yinlarida o‘ziga motivatsiya topa olmayapti.

Neymar o‘tgan yili «PSJ»ga o‘tganida jamoa prezidenti Nossir Al Halayfi unga YeChLda chempionlik uchun kurash hamda individuvl sovrinlar uchun kurashish imkoniyatini va’da qilgandi. Biroq Neymar na «Oltin to‘p» va na «The Best» sovrini uchun kurasha olmoqda.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mundo Deportivo: Neymar «Barselona»ga qaytishni istamoqda