15:50 / 18.10.2018
1 913

Koutino ketgan, Fekir yo‘q, gollar kam – «Liverpul»ga nima yetishmayapti?

Koutino ketgan, Fekir yo‘q, gollar kam – «Liverpul»ga nima yetishmayapti?
«Qizillar»ning hujum uchligi o‘tgan mavsumdagi qahramonliklarini bu yil ham takrorlay olishga qiynalishmoqda. Ularni qo‘llab-quvvatlovchi ustunlar yetishmayotgandek, go‘yo. Xo‘sh, «Liverpul» yangi mavsumda sovrin uchun umid qilmasa ham bo‘laveradimi? Quyida shu masalani muhokama qilamiz.

Premer Liga ikkinchi xalqaro tanaffusga chiqqan paytidan foydalanib grandlarning hozirgi holatini tahlil qilarkanmiz, «Liverpul»ning yangi mavsumda ko‘rsatayotgan natijalaridan klub muxlislari qoniqish hosil qilmayotgani aniq. Jamoa ular umid qilganidek o‘yin ko‘rsata olmayapti.

Albatta mavsum uzun, hali ularda o‘z salohiyatlarini qayta namoyish qilish imkoniyati bor. Ammo o‘tgan mavsumdagidek klub hujumchilari samaradorlikka erisha olmayapti.

O‘tgan mavsumda Muhammad Saloh (32), Firmino (15) va Sadio Mane (10) jamoaning 68 % gollariga mualliflik qilishgandi. Ular nafaqat Premer Ligada, balki Chempionlar Ligasida ham 30 dan ortiq gol urib ingliz jamoalarining rekordini yangilashgandi.

Bunday samaradorlik klubda hujumchilarni xavfli vaziyatlar bilan ta’minlab tura oladigan kuchli yarim himoyachisiz barqarorlikni saqlab qolish juda qiyini masala.

Jeymi Karrager yaqinda bergan intervyusida «Liverpul» Filippe Koutinoning o‘rnini to‘ldira olmaganini alohida tilga oldi.

«Fikrimcha, biz yarim himoyada biroz sifatliroq bo‘lishimiz kerak. Bori shu. Ehtimol bu yanvarda qaytib kelar» – degan This is Anfield ga bergan intervyusida.

«Yarim himoyaga qarab bizda Koutino darajasidagi futbolchi yetishmayapti deb o‘ylayapman. Biz Fekirni olib kelmoqchi bo‘lgandik, biz hamon o‘shanaqa yarim himoyachilarga muhtojmiz.»

«Biz «Manchester Siti» bilan raqobatlashayapmiz. Ularda De Bryuyne va Silva bor. Bizda shunaqa futbolchilar bor deb o‘ylamayman.»

O‘tgan mavsumdagi klubning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatiga nazar soladigan bo‘lsak, unda hujum uchligi dastlabki qatorlarda borayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ulardan keyin esa 7 gol bilan Koutino o‘rin olgan. U o‘tgan mavsumni sentyabr yarmidan boshlab klub uchun so‘nggi o‘yinini dekabrda o‘tkazgan.

Mavsumda o‘nlab gollar uradigan yarim himoyachilar ko‘p emas. «Liverpul»da shunaqangi to‘rtta yarim himoyachi bo‘lgan. Stiven Jerard, Stiv MakManaman, Maksi Rodriges va Dirk Kyuytlar o‘z vaqtida bunday natijaga erisha olishgan. Hozirgi yarim himoya bilan «Etihad Stedium» va «Stemford Bridj»dagilar bilan sovrin uchun raqobatlashish juda qiyin.

Premer Liganing so‘nggi 30 yildagi sovrindorlari tarkibiga bir nazar solsak barchasi oydinlashadi. «Chelsi»ning 2009-10-yilgi mavsumida 34 golni Frenk Lempard va Floran Maluda kiritgan. 1993-94-yilda «Manchester Yunayted» yarim himoyachilari – Rayyan Giggz, Andrey Kanchelskis, Li Sharp, Roy Kin va Pol Inslar 94 golning naq 42 tasini urishgan. Mark Overmars 1997-98-yilda «Arsenal» uchun 12 gol, 2003-04-yilda Rober Pires 14 gol urib jamoasi chempionligiga munosib hissalarini qo‘shishgan. «Shaharliklar» «qizillar»dan chempionlikni ilib ketgan o‘sha 2013-14-yilgi mavsumda Yaya Ture 20 gol urgandi. «Lester» qahramonlik ko‘rsatgan mavsumda Riyod Mahrez 17 gol urgan. Bu klub to‘purari Jeymi Vardinikidan atigi 7 gol kamroq degani edi.

Albatta har doim ham bunday bo‘lavermagan. Tarixda istisnolar ham uchrab turadi. Shulardan biri 1994-95-yilgi «Blekbern Rovers» bo‘ladi. Kenni Dalglish 20 yaqin gollari bilan jamoasini chempionlik sari yetaklagan bo‘lsada oqibatda buning uddasidan chiqa olishmagan.

Garchi «Liverpul»ning hujum uchligi yaxshi va o‘zlarini ko‘rsatishlari ehtimoli bo‘lsada, ularning ortida hujumlarni yaxshi tashkillashtira oladigan, kerak bo‘lsa gollar ura oladigan mohir yarim himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.
Erkinjon G‘aybullayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Koutino ketgan, Fekir yo‘q, gollar kam – «Liverpul»ga nima yetishmayapti?