19:54 / 18.10.2018
3 691

O‘zbekiston Kubogi finalining boshlanish vaqti ma’lum qilindi

O‘zbekiston Kubogi finalining boshlanish vaqti ma’lum qilindi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Kubogi finalida "Paxtakor" va AGMK o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bellashuv 28 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Biroq O‘FA matbuot xizmati hali uchrashuvning boshlanish vaqtini ma’lum qilmagan.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, kubok finali 15:00da start oladi. Bu ma’lumot "Sport" kanalining yangi hafta uchun chiqargan dasturida o‘yin vaqti 15:00 deya belgilangan. "Sport" kanalining O‘FA bilan hamkorlikda ishlashini inobatga olsak, final vaqti 15:00 ekanligining ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, final bahsi 28 oktyabr kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogi finalining boshlanish vaqti ma’lum qilindi