09:46 / 19.10.2018
3 637

Elnur Abduraimov amerikalik raqibini nokautga uchratdi

Elnur Abduraimov amerikalik raqibini nokautga uchratdi
Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi «Fantasy Springs Casino» arenasida o‘zining professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Jangda sportchiga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Jovanni Gonsales raqiblik qildi.

Avvalroq Elnur Abduraimovning amerikalik boshqa bokschi Xose Salinasga qarshi ringga chiqishi belgilangani, ammo jangga bir kun qolganida raqib o‘zgargani haqida xabar bergan edik.

Gonsalesga qarshi jangni katta ustunlik bilan boshlagan Elnur Abduraimov ikkinchi raundga kelib raqibini nokautga uchratdi. Bu uning ikkinchi jangidagi ikkinchi muddatidan oldin qozonilgan g‘alabasi bo‘ldi.

Gonsales prof ringda 7 ta jang o‘tkazib, ularning beshtasida g‘alaba qozongan, ikkita jangda mag‘lubiyatga uchragan. Bugungi jang uning uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimov amerikalik raqibini nokautga uchratdi