Pepsi Superligasi 26-turidan oʻrin olgan “Navbahor” hamda “Buxoro” jamoalari oʻrtasidagi oʻyindan soʻng namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib oʻtdi.
"Biroz asabiy oʻyin guvohiga aylandik. Yigitlar bugun yomon harakat qilishmadi. Eng muhimi – yakunda qimmatli 3 ochkoga ega chiqdik. Soʻnggi paytlardagi qayd etilgan natijalarni inobatga olgan holda bugun gʻalaba qozonishimiz shart edi. Shukr, oʻyin taqdirini foydamizga hal eta oldik. Bundan mamununman.
Endi bor diqqat-eʼtiborni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz. Eʼtibor bersak, jamoa asosan oʻz maydonida ochkolar qoʻlga kiritmoqda ekan. Endi safar oʻyinlarda ham muxlislarimizni chiroyli gʻalabalar bilan xursand etish uchun urinamiz", - dedi rossiyalik mutaxassisning soʻzlarini keltirib oʻtdi PFL matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi