07:26 / 22.10.2018
3 588

Shota Arveladze: Natija «Paxtakor» uchun alamli bo‘ldi

Shota Arveladze: Natija «Paxtakor» uchun alamli bo‘ldi
"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliga 26-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi kechgan o‘yindan (1:3) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Natija biz uchun alamli bo‘ldi. Birinchi bo‘limni juda bo‘sh boshladik. Uchrashuvdagi tashabbusni raqibga topshirib qo‘ydik. Yetarlicha shiddat ko‘rinmadi. Vaziyatlarda juda ko‘p o‘ylab yubordik.

Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynashimiz mumkinligini ko‘rsatdik. Jamoada xarakter bor, ammo buni juda kech ko‘rsatdik. Superligadagi eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi saf tortdik. Mag‘lubiyatni ham tan ola bilish lozim. Bugungi g‘alaba bilan raqibni tabriklayman.

O‘yinda hammasini o‘zgartirib yuborish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Ammo bundan foydalana olmadik. Ikkinchi gol o‘yindagi holatni butkul o‘zgartirib yubordi. Tavakkalga ham qo‘l urdik, zaxiradan foydalandik. Ammo ikkinchi goldan keyin vaziyatni o‘z tomonimizga burish qiyin bo‘ldi. Hali oldinda o‘yinlar bor va kurashni oxirigacha davom ettiramiz", - deydi mutaxassis.

Manba: www.pakhtakor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: Natija «Paxtakor» uchun alamli bo‘ldi