23:57 / 21.10.2018
3 166

“Real” yaqin soatlarda Lopetegini isteʼfoga chiqaradi

“Real” yaqin soatlarda Lopetegini isteʼfoga chiqaradi
“Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi oʻz lavozimini tark etish arafasida.

Marca maʼlumotiga koʻra, ispaniyalik mutaxassis bugunning oʻzida isteʼfoga chiqarilishi mumkin.

Bundan avvalroq “Real” murabbiyni YECHL guruh bosqichi doirasida “Viktoriya” Plzen jamoasiga qarshi oʻyingacha isteʼfoga chiqarmasligi haqida xabar tarqalgandi, ammo jamoani keyingi oʻyingayoq boshqa murabbiy boshlab borishi oydinlashmoqda.

Hozirda bu oʻringa “Real”ning sobiq futbolchilaridan biri, “Kastilya” murabbiyi boʻlib turgan Santyago Solari koʻrilmoqda. Uni Antonio Konte va Loran Blandan munosibroq nomzod sifatida koʻrishmoqda.

As maʼlumotiga koʻra, “Real” prezidenti Florentino Peres jamoaning yana bir sobiq futbolchisi Guti nomzodini ham eʼtiborga olib qoʻygan. U Guti Zinedin Zidanning muvaffaqiyatlarini takrorlay olishiga ishonch bildirmoqda.

Guti bungacha “Real” U-19 jamoasi bilan ishlagan, hozirda “Beshiktosh” murabbiylar shtabida Shenol Guneshga yordamchilik qiladi.

As maʼlumotiga koʻra, Solari ham yaxshi nomzod, ammo “Real” u “Kastilya” bilan Segunda B ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani uchun, unga tegmaslikni maʼqul koʻrmoqda.

Shu bilan birga, “Real” bosh murabbiyi lavozimini keyinroq hozirda “Tottenhem”ni boshqarayotgan Maurisio Pochettino egallashi mumkin. Madrid klubi shu yil yozida ham ushbu argentinalik mutaxassisni jamoaga jalb etishga harakat qilgandi.

Maʼlumot uchun, Ispaniya chempionatining 9-turida “Real” oʻz maydonida “Levante”ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi va gʻalabasiz seriyasini 5 oʻyinga yetkazdi. Bungacha Xulen Lopetegi jamoasi “Sevilya” (0:3), “Atletiko” (0:0), SSKA (0:1) va “Alaves” (0:1) klublariga qarshi oʻyinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” yaqin soatlarda Lopetegini isteʼfoga chiqaradi