14:48 / 22.10.2018
3 398

O‘zbekiston MTJning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz bering

O‘zbekiston MTJning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz bering
2019 yilning 5 yanvar – 1 fevral kunlari BAAda Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi «F» guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Mazkur musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, ushbu avtobusga terma jamoa shiori yozib qo‘yiladi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni boshlandi.

Terma jamoamiz uchun 3 ta shior varianti taqdim etilgan:

«KUCh BIRLIKDA» — «FORCE IN UNITY»
«BITTA OSIYo. BITTA JAMOA, BITTA ORZU» — «ONE ASIA. ONE TEAM. ONE DREAM».
«BIZ ShU YeRDAMIZ. O‘ZBEKISTON» — «HERE WE ARE. UZBEKISTAN»

Quyidagi havola orqali OFK rasmiy saytiga o‘tib, o‘zingizga yoqqan shior uchun ovoz berishingiz mumkin.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan shior Osiyo Kubogi davomida terma jamoamizni olib yuradigan avtobusda aks etadi. Ovoz berish jarayoni shu yilning 1 noyabr kuniga qadar davom etadi. Qaysi shior eng ko‘p ovoz olgani 5 noyabr kuni e’lon qilinadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz bering