20:31 / 22.10.2018
3 518

Peres "Real"ga Mourinoni qaytarmoqchi

Peres "Real"ga Mourinoni qaytarmoqchi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yana “Real”ga qaytishi mumkin.

Ispan nashrlarining yozishicha “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoani yana portugaliyalik mutaxassis boshqarishini xohlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda “Real” rahbariyati Xulen Lopetegini ishdan bo‘shatgach, uning o‘rniga madridliklarning ikkinchi jamoasi hisoblangan “Real Madrid Kastilya” bosh murabbiyi Santyago Solari tayinlanadi. Biroq, bu vaqtinchalik qaror hisoblanadi. Boisi, “qirollik klubi” rahbariyati baribir jamoaga tajribali mutaxassis jalb etishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Joze Mourino “Real”ni 2010-2013 yillarda boshqargan. Jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya chempionatida zafar quchgan, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Peres "Real"ga Mourinoni qaytarmoqchi