09:43 / 23.10.2018
3 606

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha jahon chempionatida 19 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha jahon chempionatida 19 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston sportchilari o‘smirlar, kattalar va nogironligi bor shaxslar o‘rtasida armrestling va para-armrestling bo‘yicha jahon chempionatida 19 ta (3 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi. 12-22 oktyabr kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tgan musobaqalarda 45 mamlakatdan 1500 dan ortiq sportchi ishtirok etdi, deya xabar qildi Jahon armrestlik federatsiyasi.

O‘zbekiston Armrestling federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smirlar guruhida Saidmuhammadxon Ahmadxonov (65 kg) va Siroj Tursunov (70 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Kumush medallar Zarnigor Abdurahimova (45 kg, ikkita medal), Marjona Avazova (50 kg), Nazokat Soliyeva (60 kg), Zuhra Xo‘jaqulova (65 kg), Samandar Ikromov (60 kg) va Zohir Fayzullayevga (55 kg) nasib etdi.

Hafiza Tohirova (65 kg), Bekzod Olimov (70 kg, ikkita medal), Iroda Qodirova (55 kg), Islom Isomidinov (55kg) va Shoxruh O‘ktamov (70 kg) «bronza» bilan cheklandi.

Sultonbek Ne’matullayev (80 kg) kattalar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Para-sportchilardan Umidjon Ahmedov (90 kg) va Bahrom Yaxshiboyev (55 kg) kumush, Sardor Xudoyberdiyev bronza medaliga ega bo‘ldi.

Chempionat Turkiyaning bodibilding, fitnes va armrestling federatsiyalari tomonidan o‘tkazildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston armrestling bo‘yicha jahon chempionatida 19 ta medalni qo‘lga kiritdi