20:16 / 23.10.2018
3 085

Superliga. "Qizilqum" kubok finalchisini mag‘lub etdi

Superliga. "Qizilqum" kubok finalchisini mag‘lub etdi
Superliganing 27-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - AGMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

36-daqiqada Erkin Boydullayev maydon markazida raqib futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi va chap qanotdan ochilib borayotgan Grigalashvilini to‘p bilan ta’minladi. Gruziyalik futbolchi bir himoyachini aldab o‘tib, kuchli zarba bilan hisobni ochdi - 1:0.

Uchrashuvning 68-daqiqasida Ivan Nagayev akrobatik usulda ajoyib tarzda raqib darvozasini ishg‘ol etdi - 2:0. 90+1-daqiqada Kamoliddin Murzoyev hisobni qisqartirdi - 2:1.

27-tur. 23 oktyabr, seshanba

“QIZILQUM” – AGMK 2:1
Gollar:
Elguja Grigalashvili 36, - 1:0 (Erkin Boydullayev). Ivan Nagayev 68, - 2:0. Kamoliddin Murzoyev 90+1, - 2:1.

"Qizilqum": Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev (Doniyor Usmonov, 85), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov (Mirjalol Qosimov, 90), Ivan Nagayev, Salim Mustafoyev.
Zaxira: Erkin Jabborov, Giorgi Kvesiyeshvili, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Samandar Shodmonov, Nemanya Yovanovich, Bekzod G‘anijonov.

AGMK: Xurshid Xodjayev, Abduqaxxor Xojiakbarov, Muzaffar Muzaffarov (Oybek Qilichev, 54), Lutfulla To‘rayev, Zohir Pirimov, Vladimir Bubanya (Kamoliddin Murzoyev, 64), Vladislav Kasminin, Abdumalik Abdullayev, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Jamshid Hasanov.
Zaxira: Roman Abdulov, Azamat Isroilov, Milosh Trifunovich, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Shahboz Umarov, Alisher Samatov, Nizomiddin Ziyovuddinov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Qizilqum" kubok finalchisini mag‘lub etdi